Xalqaro Yer kuni doirasida yer degradatsiyasiga qarshi kurash bo‘yicha innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi

2025-yil 22-aprel kuni — Xalqaro Yer kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari, yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavyerloyiha” instituti, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti, shuningdek, bir qator mahalliy va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram