xalqaro_anjuman

SHOLI ILMINING OSIYOLIK BILIMDONLARI TOSHKENTDA JAM BO‘LDI
Avval xabar berganimizdek bugun, poytaxtimizda “SHOLI VA DUKKAKLI DON EKINLARI SELEKSIYASI, URUGʻCHILIGI HAMDA YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYALARINI ILMIY-AMALIY ASOSLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z faoliyatini boshladi.
⌛ Anjumanda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari, xalqaro tashkilotlar, sholichilik rivojlangan 20 ga yaqin xorijiy mamlakatlar vakillari, soha olimlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.
Ta’kidlash kerakki, ushbu xalqaro anjuman soha olimlariga sholichilikdagi dolzarb masalalarni yechimi borasidagi ilmiy qarashlari va nazariyalarini muhokama qilish uchun qulay platforma vazifasini bajarmoqda. Shu bois, konferensiyaning birinchi kuni qizg‘in ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar sholichilikdagi eng dolzarb masalalarning yechimlari to‘g‘risida qiziqarli ma’ruzalar qildi va fikr-mulohazalar bildirildi.
Xalqaro anjumanning birinchi kuni tafsilotlari ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritilmoqda, Jumladan, O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi tomonidan ham lavha e’lon qilindi. Lavhani ushbu havola orqali tamosha qilishingiz mumkin.
https://youtu.be/aj9Wqitb4Ho?si=aF9C5RU1DyJMz4R7