Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

xalqaro_anjuman

xalqaro_anjuman
SHOLI ILMINING OSIYOLIK BILIMDONLARI TOSHKENTDA JAM BO‘LDI Avval xabar berganimizdek bugun, poytaxtimizda “SHOLI VA DUKKAKLI DON EKINLARI SELEKSIYASI, URUGʻCHILIGI HAMDA YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYALARINI ILMIY-AMALIY ASOSLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z faoliyatini boshladi. ⌛ Anjumanda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari, xalqaro tashkilotlar, sholichilik rivojlangan 20 ga yaqin xorijiy mamlakatlar vakillari, soha olimlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda. Ta’kidlash kerakki, ushbu xalqaro anjuman soha olimlariga sholichilikdagi dolzarb masalalarni yechimi borasidagi ilmiy qarashlari va nazariyalarini muhokama qilish uchun qulay platforma vazifasini bajarmoqda. Shu bois, konferensiyaning birinchi kuni qizg‘in ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar sholichilikdagi eng dolzarb masalalarning yechimlari to‘g‘risida qiziqarli ma’ruzalar qildi va fikr-mulohazalar bildirildi. Xalqaro anjumanning birinchi kuni tafsilotlari ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritilmoqda, Jumladan, O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi tomonidan ham lavha e’lon qilindi. Lavhani ushbu havola orqali tamosha qilishingiz mumkin. https://youtu.be/aj9Wqitb4Ho?si=aF9C5RU1DyJMz4R7

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.