Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

xalqaro_forum

xalqaro_forum
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” biznes-forumi o‘z ishini boshladi. Nufuzli xalqaro anjuman doirasida qishloq xo‘jaligi hamda  agrooziq-ovqat sohasining dolzarb masalalari muhokama qilinmoqda. Forumda Italiya Respublikasi qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat suvereniteti va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Franchesko Lollobrijida, Ozarbayjon Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Majnun Mamedov, Qozog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Yermek Kenjexanuli, Tojikiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Qurbon Hakimzoda, Qirg‘iziston Respublikasi suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri o‘rinbosari Almaz Jeenaliev hamda Turkmaniston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Berkeli Berkeliyev kabi nufuzli mehmonlar ishtirok etmoqda. Forumning ochilish marosimida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov nutq so‘zladi. U o‘z chiqishida uchrashuvning ahamiyatiga alohida to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidladi: “Bugungi uchrashuv muhim va ramziy ahamiyatga ega. U Italiya, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon o‘rtasida hamkorlikning yangi bosqichi shakllanayotganini ko‘rsatadi. Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyoda qishloq xo‘jaligi endi faqat ishlab chiqarish emas — u innovatsiya, barqarorlik va moslashuvchanlikdir. Suvdan oqilona foydalanish, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash, barqaror turmush manbalarini yaratish hamda texnologiyalar orqali rivojlanish muhim vazifalardir.” Shuningdek, vazir nutqida asosiy ko‘rsatkichlar, investitsiya ustuvor yo‘nalishlari hamda agrooziq-ovqat sohasidagi islohotlarga ham qisqacha to‘xtaldi. Yakunda u ushbu forum yangi hamkorliklar, investitsiyalar va amaliy natijalar uchun zamin yaratishini ta’kidladi. Qishloq xo‘jaligidagi muammolar umumiy bo‘lgani kabi imkoniyatlar ham umumiy ekanini qayd etib, O‘zbekiston Italiya, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qat’iy sodiq ekanini bildirdi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.