Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro hamkorlik doirasida g‘allachilikda ilmiy seleksiya ishlari muhokama qilindi
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubuy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga Xalqaro CIMMYT (International Maize and Wheat Improvement Centre) ilmiy markazi vakillari tashrif buyurdi.
Uchrashuvda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi loyiha kordinatori Aziz Nurbekov ham ishtirok etdi.
Dastlab xorijiy delegatsiya vakillari Qarshi tumanida tajriba dala maydonida bo'lib, bu yerda yetishtirilgan mahalliy va xorijiy g'alla nav va namunalarini ko'zdan kechirishdi.
Tashrif davomida soha mutaxassislari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida agrar sohani ayniqsa, boshoqli don ekinlari seleksiyasini ilmiy asoslarda rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va zamonaviy agrotexnik uslublarini qo'llash va joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, g‘allachilikni modernizatsiya qilish va hamkorlikda seleksiya ishlarini olib borish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube