Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro_hamkorlik
Agrar ilmiy salohiyatni oshirishda Niderlandiya olimlari bilan hamkorlik kengaymoqda Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati hamda laboratoriya mutaxassislaridan iborat delegatsiya Niderlandiyada xizmat safarida bo‘lib turibdi. Delegatsiya a’zolari Wageningen University & Research tizimidagi UNIFARM hamda FRC Randwijk Fruit Research Centre kabi yetakchi ilmiy markazlarga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida qishloq xo‘jaligini raqamlash­tirish, Plant Eco-Phenotyping Center faoliyati va uning ilmiy-amaliy natijalari bilan yaqindan tanishildi. Niderlandiyaning yuqori texnologik yondashuvlari, innovatsion yechimlari va tadqiqot yutuqlarini o‘rganish bo‘yicha qator uchrashuv va muhokamalar o‘tkazildi. Ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonda hamkorlik memorandumi va shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu kelishuv kelgusida ilmiy-tadqiqot sohasida tajriba almashish, kadrlar malakasini oshirish va raqamli agrotexnologiyalarni joriy etishda muhim huquqiy asos bo‘ladi. Mazkur tashrif O‘zbekiston agrar sohasini modernizatsiya qilish va global ilmiy innovatsiyalarga integratsiyalashuv borasidagi amaliy qadam sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.