Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston va Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi ilmiy muassasalari o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanmoqa Milliy markaz tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Qozog‘iston Respublikasi Janubiy-g‘arbiy chorvachilik va o‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum milliy va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, ilmiy-texnik salohiyatni oshirishga qaratilgan. Hamkorlik doirasida chorvachilik va o‘simlikshunoslik yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, ishlab chiqarish hamda qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar va forumlar tashkil etish nazarda tutilgan. Ushbu tashabbus ikki tomonlama ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish orqali qishloq xo‘jaligi fanining izchil taraqqiyotiga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.