Xalqaro_hamkorlik

Bug‘doy gibridlarini yaratishda pokistonlik olimlar bilan hamkorlik
Milliy markaz tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida bug‘doy gibridlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Ushbu gibrid Pokistondan olib kelingan bo‘lib, Pokistonning Faisalabad universiteti va Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari tomonidan hamkorlikda yaratilgan.
Hozirda Pokistonning Faisalabad universiteti, Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti ushbu gibridlarni yurtimizda sinovdan o‘tkazib, mahalliy navlar bilan solishtirib, fermerlarga serhosil va resurslarni tejovchi bug‘doy gibridlarini yetkazib berish maqsadida hamkorlik qilmoqdalar.
Yangiliklardan xabardor bo‘lib, agrotexnologiyadagi so‘nggi yutuqlarni biz bilan kuzatib boring!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube