Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro_hamkorlik
Lalmikor dehqonchilik ilmni rivojlantirishda Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik yo’lga qo’yiladi Bugun Milliy markaz tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida Xitoyning MicroGene kompaniyasi vitse-prezidenti Jiabao Van bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida tomonlar qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, suv resurslaridan samarali foydalanish va qurg‘oqchilikka chidamli bug‘doy navlarini yaratish masalalarini muhokama qildilar. Tomonlar innovatsion texnologiyalar va ilmiy tajribalarni amaliyotga joriy etish orqali lalmikor yerlarda mahsuldorlikni oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, tomonlar ilmiy tadqiqotlarni birgalikda rivojlantirish, global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ekologik barqarorlikka hissa qo‘shish maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar. Yangiliklardan xabardor bo‘lib, agrotexnologiyadagi so‘nggi yutuqlarni biz bilan kuzatib boring! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.