Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro_hamkorlik
Rossiyalik olimlar bilan ilmiy hamkorlikning yangi bosqichi Joriy yilning 22–24 aprel kunlari Rossiyaning “Shimoliy-Kavkaz federal ilmiy agrar markazi” yetakchi mutaxassislari — seleksiya va urug‘chilik sohasida katta tajribaga ega Elena Batagova, Stavropol viloyatidagi selektsioner va urug‘chilar nodavlat sherikligi rahbari Xusin Bo‘ranukov hamda “Ko‘chubeyevskaya urug‘chilik stantsiyasi” tijorat direktori Murodin Bo‘ranukov O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdilar. Mehmonlar institutda bo‘lib, bug‘doy seleksiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan qo‘shma tadqiqotlar bilan yaqindan tanishishdi. Xususan, rossiyalik olimlar yaratgan kuzgi yumshoq bug‘doyning 14 ta navi bo‘yicha olib borilayotgan kuzatuvlar yuzasidan fikr almashildi. Tashrif davomida seleksiya jarayonlariga oid tajriba va usullar, shuningdek, innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi. Shuningdek, mehmonlar O‘zbekiston Milliy genbanki faoliyati bilan tanishib, kelgusida o‘simliklar genofondini ayirboshlash, O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan noyob ekin turlarini institut genbankiga beg‘araz yetkazib berish hamda ular asosida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.