Xalqaro_hamkorlik

Xabar berib borayotganimizdek ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy muassasalar olimlari va Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi a’zolaridan iborat delegatsiyaning Avstraliyada xizmat safari davom etmoqda.
Ushbu safardan maqsad – qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish uchun yangi innovatsiyalarni o‘rganishdir.
Bugun delegatsiya a'zolari Avstraliyaning Goondiwindi hududi konsulli Cr Lawrence Springborg bilan Bt-g’o’za navlari chidamliligini hududiy boshqarish va innovatsiyalarni tijoratlashtirishga oid ilg’or tajribalarni muhokama etidi.
Avstraliya. Ilm-fan uchun misli ko'rilmagan imkoniyatlar eshigi. Unumdor tuprog'i, iqlim sharoiti har qanday yangilikni o'ziga qabul qila oladigan mo'jizalar manzili, betakror orol davlat. Olimlarimiz to'liq Bt-g'o'za navlaridan paxta yetishtirishga o'tgan bu mamlakatning tajribalari bilan yaqindan tanishdi. Bizning iqlim va tuproqqa mos genetik o'zgartirilgan g'o'za nav avlodlarini olib kelish bo'yicha kelishuvlarga erishdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube