xalqaro_hamkorlik

Agrar soha ilm-fanini rivojlantirishda Tojikiston bilan hamkorlik
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasi qoshidagi So‘g‘d viloyati Dehqonchilik ilmiy tajriba stansiyasi hamda Bog‘dorchilik va sabzavotchilik ilmiy tajriba stansiyasi olimlari bilan birgalikda qo‘shma loyihani amalga oshirishga kirishdilar.
Olimlarimiz tojikistonlik hamkasblari bilan ilmiy tajriba stansiyasida ajratilgan yer maydonlarida urug‘larni ekish hamda tajriba uchun boshoqli don va dukkakli ekinlarning yangi navlarini ekologik sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldilar.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEBTelegram Instagram | Facebook | Youtube