Xalqaro_hamkorlik

JANUBIY KOREYANING KANGVAN DAVLAT UNIVERSITETI BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga Janubiy Koreya Respublikasining Kangvan davlat universiteti jamoasidan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Milliy markaz bosh ilmiy kotibi Sherali Mansurov va delegatsiya a’zolari ilmiy yo‘nalishda hamkorlik masalalari xususida muloqot qildi.
Mazkur universitet dastlab, 1947-yilda qishloq xo'jaligi sohasi uchun mutaxassislar tayyorlovchi kollej sifatida tashkil etilgan. 1978-yildan e'tiboran turli yo'nalishda malakali xodimlarni tayyorlovchi oliy dargohga aylantirilgan. Shunday bo'lsada, ayni vaqtda ham mazkur unversitet Koreyada qishloq xo'jaligi sohasi mutaxassislarni tayyorlaydigan va ilmiy tadqiqotlar olib boradigan yetakchi ilmiy muassasa sanaladi.
Ikki tomon qo'shma ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish, kadrlar almashinuvini yo'lga qo'yish hamda tayanch doktoranturada tahsil olayotgan yosh tadqiqotchilarni Koreyada tajriba o'tkazishlari uchun yuborish bo'yicha kelishib oldi.
Shundan so'ng Milliy markaz va Kangvan davlat universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube