Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekistonda “Koreya agrar sohaga oid texnologiyalarini transfer qilish ofisi” ochiladi
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Koreya Respublikasining Koreya Savdo-sanoat va energiya vazirligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandiumiga asosan Milliy markaz huzurida “Koreya agrar sohaga oid texnologiyalarini transfer qilish ofisi” ochiladi.
Bu haqida Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov va Koreya Respublikasining Koreya Savdo-sanoat va energiya vazirligi hamda KIAT tashkiloti vakillaridan iborat delegatsiya tashrifida muhokama etildi.
Ushbu ofisning maqsadi O‘zbekiston atrof-muhitiga moslashtirilgan aqlli fermer xo‘jaliklarining sanoat texnologiyalari salohiyatini oshirishga yordam beradigan texnologiyalarni rivojlantirishdan iborat. Markazni barpo etish orqali O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish ko'zda tutilmoqda. Ushbu loyiha qiymati 14,0 mln.dollarni tashkil etadi.
Shuningdek, mazkur texnologiyalarni sinash uchun 5 ta (Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyati, Jizzax va Farg‘ona) hududiy sinov xo‘jaliklari tashkil etiladi.
Ushbu ofisda Koreya savdo-sanoat va energiya vazirligi, Koreya mashinasozlik sanoati assosiatsiyasi (KOAMI), Texnologiyalarni rivojlantirish instituti (KIAT), CAMTIC ilg‘or mexatronika texnologiya instituti va “Agro Solution Korea” kompaniyalari Janubiy Koreyaning so'nggi avlod texnika va texnologiyalarini O'zbekistonga keltirib beradi.
Ofis Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi binosi qoshida 2024 yilning iyun oyidan qurilishi boshlanishi ko'zda tutilgan. Bugungi kunda yuqoridagi tashkilotlar bilan hamkorlikda 0.15 ga yer maydonida zamonaviy issiqxona qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, loyiha doirasida Samarqand viloyatida 0.20 ga yer maydonda zamonaviy issiqxona qurib bitkazilib Koreyadan keltirilgan qulupnay ko‘chatlari parvarishlanmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube