Xalqaro_hamkorlik

Koreyaning KIND korporatsiyasi tomonidan agrar sohada yangi zamonaviy ilmiy-ishlab chiqarish infratuzilmalari moliyalashtiriladi
Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonovning Janubiy Koreya Respublikasidagi tashrifi davom etmoqda. Tashrif dasturiga muvofiq Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda. Shulardan biri "KIND- Xorijiy infrostruktura va shaharlarni rivojlantirish korporatsiyasi" hisoblanadi. Korporatsiya Koreyaning ishonchli va uzoq yillik hamkorlariga o'z grantlarini ajratib, loyihalarini amalga oshiradi. Milliy markaz rahbari kelgusida KIND bilan qulay investitsiya shartlari asosida quyidagi 4 yo'nalishda hamkorlikni amalga oshirishni kelishib oldi.
Universal urug'chilik zavodini qurish, bunda paxta, g'alla, sabzavot ekinlari urug'larini saralovchi, tozalovchi va standartlar asosida qadoqlovchi korxona qurish;
Issiqxona uskunalari ishlab chiqaruvchi zavodni qurish;
Logistika markazini tashkil etish;
Qayta tiklanuvchi energiya manbasi bo'lgan quyosh panellarini Milliy markaz va uning tizim tashkilotlaridagi bino va inshootlarga o'rnatish ko'zda tutildi.
KIND korporatsiyasi Shuhrat Otajonov takliflarini ma'qullab, iyul oyida bo'ladigan Janubiy Koreya Respublikasi Prezidentining O'zbekistonga tashrifi dasturiga ushbu tashabbuslarni kiritishni ta'kidladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube