Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro_hamkorlik
Joriy yilning 25-yanvar kuni Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Janubiy Koreya Respublikasining urug'chilikka ixtisoslashgan xususiy "GSBIO" kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qilgan edi. Shundan so'ng, mazkur kompaniya vakillari Milliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, urug'chilikni rivojlantirishda hamkorlik qilish taklifini bildirdi. Aniqroq aytganda, xususiy urug'chilik kompaniyasi kartoshkaning dunyoga mashxur "Santa", "Picasso", "Novaki", "Chubek" va "Summi" kabi navlari mikro-tuganaklarini Respublikamizga litsenziya asosida olib kirib, in-vitro usulida ko'paytirish taklifini ilgari surdi. Buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, issiqxonalarni tashkil etish bo'yicha grant loyihalar amalga oshirilishi ta'kidlandi. "GSBIO" kompaniyasi 2008-yildan buyon kartoshka urug'chiligi yo'nalishida faoliyat ko'rsatadi. Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.