Xalqaro_hamkorlik

Sholichilikni rivojlantirishda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda sholining yangi resurstejamkor navlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti va Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagni “KOPIA” tashkiloti samarali hamkorlik qilmoqda.
Bugun Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutiga beg‘araz ko‘mak asosida maxsus texnikalar topshirildi.
Maxsus texnikalarni topshiriga bag‘ishlangan tadbirda Janubiy Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va koreyalik hamkorlar o‘rtasida umumiy qiymati 3 mln 700 ming dollarlik yangi loyiha imzolangan.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI