Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro_hamkorlik
Ko‘chatchilikni rivojlantirishda Turkiya bilan hamkorlik Akademik M, Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan Turkiyaning S.S Odemis Bademli ko‘chatchilik agro kooperativi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik tobora mustahkamlanib borilayotganligi, bu borada tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidlandi. Tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Turkiyadan investor tomonidan respublikaning tuproq va iqlim sharoitiga mos yangi sifatli va serhosil meva navlari hamda payvantaglari olib kelinib, 15 gektar maydonda kolleksiya va ona bog‘lari barpo etiladi. Shuningdek, eksportbop meva navlari va manzarali o‘simliklarning standart talablariga mos ko‘chatlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi hamda Turkiya-O'zbekiston o‘zaro mutaxassis almashinuvi tashkil etiladi. Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.