Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

xalqaro_hamkorlik

xalqaro_hamkorlik
Yangi loyihalarga start berildi Evropa Ittifoqi delegatsiyasi va BMT taraqqiyot dasturi vakillari Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi Tashrif davomida delegatsiya vakillari institut ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, institut yosh olimlari bilan samimiy muloqot qilishdi. Tadbir davomida delegatsiya ishtirokida yangi makaron sexi ishga tushirildi. Bu tashabbus Qashqadaryo iqlimiga mos bugʻdoy navini ommalashtirish, arzon narhlardagi mahalliy makaron mahsulotlarini ishlab chiqarishi bilan birga mahalliy aholi uchun yangi ish oʻrinlarni ham yaratdi. Bu loyihalar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan EUAGRIN loyihasi doirasida amalga oshirildi. Unda so'z olgan Oʻzbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining Hamkorlik Boshqarmasi rahbarii Wim Riepma, BMTTDning doimiy vakili o'rinbosari Anas Qarman kelgusida Istiqbolli loyihalar asosida institut bilan hamkorlikni kengaytirish, o'zaro tajriba almashishni alohida ta'kidlab o'tdi.

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.