Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro_hamkorlik
Pokiston bilan ilmiy hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi Pokistonning Fayzalobod qishloq xo‘jaligi universiteti (University of Agriculture, Faisalabad — UAF) va Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Fayzalobod qishloq xo‘jaligi universiteti Pokistonda qishloq xo‘jaligi va inson fanlari sohasida ta’lim, ilmiy tadqiqot hamda ilmiy-amaliy faoliyat olib boruvchi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet QS, Times Higher Education, UI Green Metric World Universities va Webometrics kabi nufuzli xalqaro reyting tizimlarida yuqori o‘rinlarni egallab, keng xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lgan. Imzolangan kelishuv doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yuzaga kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish maqsadida ilmiy muassasalar qoshida “Xalqaro qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi markazi”ni tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, tomonlar dala ekinlari bo‘yicha genetik materiallar (germplazma) almashinuvi, bug‘doy seleksiyasi yo‘nalishida tajriba, bilim va genotiplar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, gibrid bug‘doy seleksiyasi hamda tezkor seleksiya (speed breeding) texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma salohiyatni oshirish masalalarida kelishib oldilar. Hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv Fayzalobod qishloq xo‘jaligi universiteti rektori, professor Zulfiqor Ali hamda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori professor Diyor Jo‘rayev tomonidan imzolandi. Imzolash marosimida UAF Tashqi aloqalar bo‘limi direktori doktor Muhammad Tehsin Azhar ham ishtirok etdi. Mazkur xalqaro hamkorlik ikki mamlakatda ilmiy tadqiqotlar salohiyatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish hamda barqaror qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.