Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

XALQARO_ILMIY_KONFERENSIYA

XALQARO_ILMIY_KONFERENSIYA
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ilm-fan yutuqlari va ilg‘or texnologiyalar tatbiq qilinmoqda Bugun ilg‘or texnologiyalar sanoat, ishlab chiqarish va turli sohalarda samaradorlikni karrasiga oshirayotgan bo‘lsa, agrar sohadagi ilm-fan yutuqlari dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Soha olimlarining izlanishlari natijasida yaratilayotgan ekinlarning yangi resrstejamkor navlari, agrotexnika va innovatsiyalar faqatgina bir davlatning manfaatlariga xizmat qilmasdan soha olimlari amalga oshirayotgan xalqaro hamkorlik natijasida insoniyatga xizmat qilmoqda. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida koreyalik nufuzli olimlar ishtirokida tashkil etilgan “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini innovatsion texnologiyalar yordamida to‘g‘ri parvarishlash hamda virus va kasalliklardan samarali himoyalash” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ham ushbu masalalarga bag‘ishlandi. Konferensiyani Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov kirish so‘zi bilan ochar ekan, – "Biz Janubiy Koreya Respublikasi bilan barcha sohalarda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ham mustahkam hamkorlik o‘rnatganmiz. Bir qator yo‘nalishlarda hamkorik qilyapmiz. Koreyadan qishloq xo‘jaligiga shunday bir yondashuv kirib kelmoqdaki, bu “aqlli” qishloq xo‘jaligi. “Aqlli” qishloq xo‘jaligida eng asosiy e’tibor issiqxonalardan samarali foydalanishga qaratilyapti. Bu eng katta yo‘nalishdagi ishlarimizdan biri. Yana shuni ta’kidlsh kerakki, 2021 yildan O‘zbekiston – Koreya o‘rtasida umumiy qiymati 21 million dollar bo‘lgan 3 ta yirik loyihaga qo‘l urildi. Ushbu loyihalar to‘liq Koreya hukumatining grand loyihalari hisobiga amalga oshirilmoqda. Loyihalar doirasida bugun 6 ta viloyatda “aqlli” issiqxonalar tashkil qilinyapti, bunda ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni qayta tayyorlash, Koreya tajribasi bilan tanishtirish, ikkinchi va uchinchi loyihalar doirasida sholichilik va kartoshkachilikni rivojalantirish nazarda tutilgan. Mana bugun o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya ham sohani rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarda yuqori natijalarga erishishda dunyoning rivojlangan davlatlari bilan yaqin hamkorlik qilish kutilgan natijani beradi. Shuningdek,  bu kabi xalqaro konferensiyalarning tashkil etilishi esa soha olimlarining o‘zaro muloqotida  muhim platforma vazifasini bajaradi", – deya ta’kidladi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov: “Hammamizga ma’lumki, so‘nggi yillarda dunyoda o‘rtacha harorat 1,5 darajaga ortdi. Bu nafaqat mahalliy olimlar balki, butun dunyo olimlari uchun katta bir chaqiriq. Shunday ekan dunyo olimlari birlashib global iqlim o‘zgarishiga qarshi yangi texnologiyalar, yangi yondoshuvlar, ilmiy asoslangan qarashlarni ishlab chiqishimiz kerak. Shu jihatdan biz Janubiy Koreya Respublikasi bilan bu borada yaxshi aloqalarni o‘rnatganmiz. Bugungi konferensiyadan ko‘zlangan maqsad, Koreya qishloq xo‘jaligini oyoqqa turg‘azishda, o‘zining ilmiy asoslangan yondoshuvi, texnologiyalari bilan ishtirok etgan koreyalik olimlarning tajribalari, tavsiyalari asosida qishloq xo‘jalik ekinlarini viruslardan holi urug‘chiligini tashkil qilish va sohada manfaatdorlikni oshirishga qaratilgan. O‘ylaymanki, bugungi samarali hamkorlik o‘zining kutilgan natijasini beradi” —dedi. BATAFSIL Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.