Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

xalqaro_seminar

xalqaro_seminar
Toshkentda AFACI dasturining xalqaro baholash seminari davom etmoqda Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda poytaxtimizda Koreya Respublikasining Osiyo oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi hamkorlik tashabbusi (AFACI) doirasidagi RATES va Veg-Breeding loyihalari bo‘yicha xalqaro baholash seminari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirlarda Osiyoning 13 ta davlatidan kelgan 58 nafar ekspert ishtirok etmoqda. Bugun seminar ishtirokchilari ikki guruhga bo‘lingan holda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Markaz tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lishdi. Birinchu guruh Milliy markaz hududida Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Meva-sabzavotchilikda ilg'or texnologiyalar o'quv markazi", zamonaviy issiqxonalar hamda Ummon Sultonligi bilan hamkorlikda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Atyab International Services” xalqaro standartlash va sertifikatlash laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ishtirokchilarning ikkinchi guruhi esa Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib, ilmiy muassasada olib borilayotgan tadqiqot jarayonlari hamda olimlar tomonidan yaratilgan sabzavot ekinlarining resurstejamkor yangi navlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'ldilar. Institut direktori Rustam Nizomov mehmonlarga ilmiy muassasaning mamlakatimiz agrar sohasida fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.