Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

xalqaro_simpozium

xalqaro_simpozium
Xabaringiz bor, poytaxtda respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan, qishloq xo'jaligida bir asrlik tajribaga ega bo'lgan eng keksa, nuroniy, otaxon ilmiy markazlardan - Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnilogiyalari Ilmiy-tadqiqot institutining yuz yilligiga bag'ishlangan xalqaro simpozium yuqori saviyada o'tkazilmoqda. Mazkur tadbirda so'z olgan agrar soha fidoyi mutaxassis va olimlari yurtimiz iqtisodiyoti yuksalishida agrar tarmoqda olib borilayotgan keng ko'lamli amaliy islohotlarning ahamiyati hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda yaratilayotgan imkoniyatlar, soha rivojida salohiyatli kadrlarni jalb qilish, shuningdek zamonaviy qishloq xo'jaligini tizimli rivojlantirish kabi bir qancha muhim vazifalar borasida o'z-fikr mulohazalarini mamnuniyat bilan bildirib o'tishdi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.