xalqaroanjuman #ilmiytadqiqotlar #muammovayechimlar

SABZAVOT, POLIZ VA KARTOSHKA EKINLARI SELEKSIYASI, URUG‘CHILIGI VA MAHSULOT YETISHTIRISHDAGI DOLZARB MUAMMOLARGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO ANJUMAN BOSHLANMOQDA
Sanoqli daqiqalardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida xalqaro miqyosdagi anjuman boshlanadi. Unda sohaning yetakchi olimlari, xorijiy ekspertlar, mutasaddi tashkilot vakillari va yirik korxonalarning tajribali mutaxassislari, xullas, sabzavotchilik va kartoshkachilikka befarq bo‘lmagan insonlar ishtirok etishi mo‘ljallangan.
Anjuman “Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va mahsulot yetishtirishda dolzarb ilmiy va amaliy muammolar, tadqiqotlar va ularning natijalari” mavzusiga bag‘ishlanadi. Tadbirdagi eng muhim hodisalar va qiziqarli maʼlumotlarni kuting.
Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM