Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xayr-saxovat, yaxshilik, mehr-oqibat kabi ulug‘ fazilatlar doimo insonga ziynat bag‘ishlaydi

Xayr-saxovat, yaxshilik, mehr-oqibat kabi ulug‘ fazilatlar doimo insonga ziynat bag‘ishlaydi
Yangi yilning ilk kunlari Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati Institutda ko‘p yillar davomida faoliyat yuritib, hozirda nafaqada bo‘lgan nuroniylarning xonadonida bo‘lishdi. Institut direktori o‘rinbosari Bahodir Ibrohimov faxriy nuroniylarni Yangi yil bayrami bilan qutladi. Shuningdek, nuroniylarga institut olimlari tomonidan yangi chop etilgan kitoblar va bayram sovg‘alari topshirildi. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot Instituti tomonidan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat maktabiga ham Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berildi. Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.