Xitoylik olimlar bilan hamkorlik

Shu kunlarda Shinjon Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi professori Xu Xayjian boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda bo'lib turibdi. Delegatsiya a'zolari tashrif doirasida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda ilg‘or tajribalarni joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yakunida esa tomonlar o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy izlanishlar, innovatsion ishlanmalar, texnologiyalar transferi va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini qamrab olgan memorandum imzolandi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube