Xitoylik olimlar ilmiy muassasalarimiz faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda

Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Paxtachilik instituti direktori Gao Ley boshchiligidagi delegatsiya akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv doirasida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, bog‘dorchilik sohasiga innovatsion yechimlarni joriy etish, shuningdek, yangi istiqbolli navlar bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalarni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Delegatsiya a‘zolari institutning tarixi, an’analari, amaldagi tadqiqot yo‘nalishlari va ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, mehmonlar institut faoliyatini aks ettiruvchi maxsus ko‘rgazma bilan tanishib, turli xil meva va uzum mahsulotlarini ko‘zdan kechirdilar. Ayrim mahsulotlarni tatib ko‘rib, ularning sifatini yuqori baholadilar.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube