Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

XONADONBAY” USULDA MEVALI KO‘CHATCHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRIB, AHOLI DAROMADINI OSHIRISH OLIMLAR E'TIBORIDA

XONADONBAY” USULDA MEVALI KO‘CHATCHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRIB, AHOLI DAROMADINI OSHIRISH OLIMLAR E'TIBORIDA
Qishloq xo‘jaligi vazirligining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Xonadonbay” ilmiy loyihalar aholi tomorqalarida yuqori daromad olishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Akademik Mahmud Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ham Toshkent tumanidagi 10 ta xonadonda “Toshkent tumanida in-vitro sharoitida ko‘paytirilgan gilosning “Krimskiy-5” payvandtagida standart talablariga mos ko‘chat yetishtirish, ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish va xonadonlar daromadini oshirish” mavzusida bir yillik innovasion loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 10 ta xonadonga gilosning 1500 tup “Krimskiy-5” payvandtagi ekilib, parvarishlanib avgust oyida kurtak payvand, fevral oyida esa iskana payvand qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, joriy yil bahor mavsumida loyiha ishtirokchisi bo‘lgan Gulchehra Jalilova xonadonida iskana usulda “Krimskiy-5” payvandtagiga payvand qilingan “Skina” “Lapins” gilos navlaridan 1400 dona standart gilos ko‘chatlari 2024 yil kuz va 2025 yil bahor mavsumida sotish uchun tayyorlandi. Ushbu ko‘chatlarni o‘rta hisobda 1 donasi 50 000 so‘mdan sotIlganda 70 mln. so‘m atrofida daromad olishga erishiladi. “Xonadonbay” loyiha doirasida quyidagi natijalarga erishiladi: - aholi xonadonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi yordamida gilos ko‘chatlarini yetishtirishning ilmiy takomillashtirilgan agrotexnik tadbirlar tizimi ishlab chiqiladi; - gilos ko‘chatlarini yetishtirishda kurtak va iskana payvand usullarining samaradorligi hamda “Krimskiy-5” payvandtagi mos navlar kombinatsiyasi aniqlanadi; - standart gilos ko‘chatlarini yetishtirishda payvandtag va navlarning tuproq-iqlim sharoitiga mosligi va noqulay ob-havo ta’siriga chidamliligi aniqlanadi; - xonadon yegalari va ko‘chatchilikka qiziquvchi yoshlarga gilos ko‘chatlarini ilmiy takomillashtirilgan texnologiyalar asosida yetishtirishda qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlar, payvandlash usullari va muddati, nav va payvandtag xususiyatlari hamda standart ko‘chat yetishtirish texnologiyalari o‘rgatiladi va standart ko‘chatlar ishlab chiqaruvchilar ko‘lamini kengaytirishga erishiladi. I. AKBARALIEV, akademik M.Mirzaev nomidagi BU va VITI Toshkent ilmiy-tajriba stansiyasining ilmiy-ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, “Xonadonbay” loyiha rahbari Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.