Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xonadonbay_ilmiy_loyiha

Xonadonbay_ilmiy_loyiha
ILM-FAN YUTUQLARI AHOLI XONADONLARIGA TATBIQ QILINMOQDA Xabaringiz bor, joriy yil Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan aholi xonadonlarida “Xonadonbay” ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Maqsad, ilm-fan yutuqlarini bevosita aholi xonadonlarida, shaxsiy tomorqalarga tatbiq qilishdir. Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent tumanidagi 10 ta xonadonda ‘‘Toshkent tumanida in-vitro sharoitida ko’paytirilgan gilosning "Krimskiy-5" payvandtagida standart talablariga mos ko’chat yetishtirish, ko’chatchilikni yo’lga qo’yish va xonadonlar daromadini oshirish’’ mavzusida bir yillik innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Toshkent tumanida xonadonbay usulda ‘‘Krimskiy-5’’ payvandtagida standart talablariga mos ko’chat yetishtirish orqli aholi xonadon daromadini oshirish olimlar e’tiborida ekanligi, bu yosh olimlarni ilm-fan va innovatsiyani xonadonlarga olib kirish va ularni ko’chatchilik faoliyati bilan yaqindan tanishtirib payvandlash usullari va ko’chatxonalarda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarni ilmiy asoslangan holda o’rgatish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda loyiha doirasidagi ishlar qizg’in davom etmoqda. Xonadonlarda joriy yilning 10-avgust kunida kurtak payvand qilingan payvandtaglarni tutuvchanligi Toshkent ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan o’rganilmoqda hamda payvandtaglarda bajariladigan agrotexnik tadbirlar bo’yicha xonadon egalariga ilmiy tavsiyalar berilmoqda. Ilmiy loyihadan ko'zlangan maqsad, xonadon bog‘dorchiligini yangi va daromadli bosqichga olib chiqishdir. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.