Xonadonbay_ilmiy_loyihalar

Yangiqo‘rg‘onlik tomorqachilarning olimlar bilan hamkorligi kutilgan natijani berdi
Xabar berib borayotganimizdek, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonovning tashabbusi bilan joriy yilda tizimdagi ilmiy muassasalar tomonidan aholi xonadonlarida “Xonadonbay” ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida shaxsiy tomorqalarda parvarish qilingan ekinlarning dastlabki natijalari shu kunlarda o‘zining natijasini ko‘rsata boshladi.
Xususan, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Buloqboshi” mahallasida institut laboratoriya mudiri Kamol Mamatov rahbarligida 22 ta xonadonda amalga oshirilayotgan loyihaning ilk natijasini kartoshka kovlanish jarayonlari aks etgan suratlardan ham ilg‘ash mumkin.
Dehqon ta’biri bilan aytganda, hosil to‘shalib qolgan. Loyiha rahbari Kamol Mamatovning ma’lum qilishicha, olingan hosilni 1 gektarga yaxlitlaganda o‘rtacha hosildorlik gektariga 70 tonnani tashkil qiladi.
Hosildorlik chindan ham juda yuqori. Chunki tomorqa yerlariga Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan kartoshkaning “Toshkent ertakisi” va "O‘zbekiston qizili” nomli mahalliy navlarining yuqori avlodli urug‘liklari ekilgan. Yuqori hosildorlikka erishish ilm va yangiqo‘rg‘onlik tomorqachilarning boy tajribasi mahsuli, albatta.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube