Xonadonbay_ilmiy_tadqiqotlar

Sayxunobod tajribasi Piskent tumanida
Tumanning Navoiy mahallasida azalda yerni qadrlagan, kichik maydondan yaxshi hosil olishni ko'zlagan insonlar yashashadi. Yorqin Mahmudovning ham asosiy daromadi 8 sotixlik issiqxonasidan. Bodiring, bulg'or qalampiri va achchiq qalampir ekib yiliga 25-30 million daromad ko'rib keladi. Bu yil esa 80million daromad kutmoqda.
Bu yil ilmga tayangan holda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Genetik resurslar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan ish olib bormoqda. Uning so'zlariga ko'ra, yerga ishlov berish, o'simlik himoyasi, sug'orish texnologiyalari kabi muhim jihatlarga e'tibor qaratib, ekinlarni parvarishlamoqda.
⌛ Olimlar bilan birgalikda o'simlikka vaqtida mineral va kimyoviy o'g'it qo'llash, issiqxona haroratini mo'tadillashtirish borasida ishlar amalga oshirildi. Natijada, 4-aprel sanasida ekilgan bodringlardan allaqachon ilk hosilni sotishga ham ulgirdi.
Bugun Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov xonadonlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Loyihalarning borishi kuzatar ekan, ilmiy yangiliklar va zamonaviy texnologiyalarni xonadon sharoitida qo'llash bo'yicha o'z takliflarini bildirdi. Xususan, maxsulotni qayta ishlash tajribasini aynan shu xonadonlarda sinab ko'rish bo'yicha topshiriq berdi. Bunda mini quritkichlar orqali bulg'or qalampirini quritib, ziravor holatida sotuvga chiqarish yanada daromad oshishiga xizmat qilishini ta'kidladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube