Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xonadonbay_tadqiqotlar

Xonadonbay_tadqiqotlar
Toshkent tumanida gilos ko‘chatchiligi: Yangi imkoniyatlar va yuqori daromad Tadqiqot maqsadi Toshkent tumani misolida in-vitro sharoitida ko‘paytirilgan gilosning “Krimskiy-5” payvandtagida “Skina”, “Lapins” va “Sariq gilos” navlariga mos keladigan standart ko‘chatlar yetishtirish, ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish hamda xonadonlar daromadini oshirish loyiha asosiy maqsadidir. Tadqiqotning ilmiy yangiligi Tadqiqot doirasida “Krimskiy-5” payvandtagining Toshkent viloyati Toshkent tumani tipik bo‘z tuproqlariga moslashuvchanligi o‘rganiladi. Shuningdek, “Skina”, “Lapins” va “Sariq gilos” navlarini yozgi (kurtak) va bahorgi (iskana) payvandlash usullari uchun eng maqbul muddatlar aniqlanadi. Nav va payvandtag kombinatsiyasi ishlab chiqilib, uning samaradorligi baholanadi. Tadqiqotning amaliy natijalari Loyiha doirasida tomorqa xo‘jaliklarida standart gilos ko‘chatlarini yetishtirish texnologiyasi asosida yuqori daromad olish imkoniyati yaratiladi. Aholi tomorqalarida asosiy ekinga qo‘shimcha daromad manbai sifatida gilos bog‘lari tashkil etilib, daromad oshishi ta’minlanadi. Tomorqa xo‘jaligining 0,2 sotix maydonida 1100 dona gilos ko‘chati yetishtirilishi mumkin. “Krimskiy-5” payvandtagida yetishtirilgan 1 dona gilos ko‘chatining o‘rtacha bahosi 55,0 ming so‘mni tashkil etadi. Har bir xonadon mavsum davomida ko‘chat savdosi orqali 60,5 mln so‘m miqdorida daromad olishi mumkin. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.