Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

XORAZM

XORAZM
#SEMINAR QO'SHKO'PIR TUMANIDA PAXTA HOSILDORLIGINI OSHIRISH BO'YICHA SEMINAR BO'LIB O'TDI Qishloq xo'jaligi vaziri A.Voitov topshirig'iga ko'ra qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev tomonidan tuzilgan ishchi guruhi Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanida ham seminar o'tkazdi. Tuman hokimligi binosiga hududning eng ilg‘or fermer, dehqon xo‘jaliklari va agroklaster vakillari taklif etildi. Ularga Toshkent davlat Agrar universiteti professorlari Usmon Norqulov, Rasul Jumayev hamda Muhammadjon Umarovlar Paxta agrotexnikasi va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda hosildorlikka erishish bo‘yicha ma'lumot berib o‘tdi. Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Shavkat Amanturdiyev esa g‘o‘za urug‘chiligi, yangi navlar, birlamchi va elita urug‘ yetishtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. AKIS UZBEKISTAN

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.