Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

XorazmAKIS

XorazmAKIS
Milliy markazi Bosh direktori Alisher To‘rayev Xorazm viloyati Agroxizmatlar markazi va Ilmiy tadqiqot institutlarining Xorazmdagi ITSlari dala maydonlarida bo‘ldi Professor Alisher To'rayev dala tajriba maydonlariga ekilgan soya o‘simliklari navlari bilan tanishdi. Ularni aynan Xorazm viloyati iqlimi sharoitiga to‘la mos kelishi, tozaligini saqlagan holda ekish uchun tavsiyanomalar tayyorlash singari masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Shuningdek, soyaning yangi navlar sonini yanada ko‘paytirish, navlarni tanlashda ularning hosil massasining ko‘pligiga, yuqori oziqabobligi, tez pishishi, suvga bo‘lgan talabi va eng muhimi sho‘rlangan tuproqlarda yaxshi o‘sib hosil beradigan navlarni tanlash kerakligi haqida qator topshiriq va vazifalarni berib o‘tdi. Alisher To'rayev rasmiy telegram kanali

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.