Xorazmda ilk bor Xitoy seleksiyasiga mansub kuzgi bug‘doy navi sinovdan o‘tkazilmoqda

Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm ilmiy tajriba stansiyasida Xitoy seleksiyasiga mansub kuzgi bug‘doyning “Guliten-1” navi ilk bor ekologik sinovdan o‘tkazilmoqda.
“Guliten-1” navining vegetatsiya davri 246 kunni, 1000 dona don vazni esa 52,5 grammni tashkil qiladi. Ushbu ko‘rsatkichlar navning yuqori hosil shakllantirish imkoniyatiga ega ekanini ko‘rsatadi.
Ayni paytda ilmiy-tajriba stansiya olimlari tomonidan nav ustida keng qamrovli fenologik kuzatuvlar, biometrik o‘lchovlar hamda agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda. Sinov jarayonida o‘simlikning iqlim sharoitiga moslashuvchanligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, hosildorlik ko‘rsatkichlari hamda don sifati tahlil qilinmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur navni Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish orqali kelgusida yuqori va sifatli hosil olish imkoniyati kengayadi. Sinov natijalari ijobiy baholansa, navni hududda keng joriy etish rejalashtirilgan.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube