Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

XORAZMDA QOVUN SAYLI O‘TKAZILADI

XORAZMDA QOVUN SAYLI O‘TKAZILADI
Keyingi yillarda Xorazm viloyati hududida an’anaviy o‘tkazilib kelinayotgan “Qovun sayli” festivali viloyatga tashrif buyurayotgan mahalliy hamda chet ellik sayyohlarga unutilmas taassurotlar ulashmoqda. Bu galgi “Qovun sayli” festivali ham joriy yilning 12-13-avgust kunlari Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ichan-qal’a davlat muzeyi qo‘riqxonasi hududida bo‘lib o‘tadi. Madaniyat va turizm vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur festivalni o‘tkazishdan maqsad viloyatning agroturizm salohiyatini namoyish etish, hududning qadimiy polizchilik tajribasi, shirin-shakar qovun-tarvuzlari va bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob turlari va navlarini keng ommalashtirishdan iboratdir. Festivalda qovunlarning «Gurvak», «Qilichboy beshak», «Qari qiz», «Tuya qovun», «To‘yona», «Ola zamcha», «Xorazm oq novvoti», «Ko‘k gulobi», «Bo‘rikalla» kabi bir-biridan totli yuzlab navlari namoyish qilinadi. Bundan tashqari, bu yerda turli meva-sabzavotlar, qandolat va asalarichilik, hunarmandchilik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari ham tashkil etiladi. Sizni unitilmas qovun saylida kutamiz! #qovun #festival VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.