Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xorazmda sholichilikda innovatsion yondashuvlar joriy etilmoqda

Xorazmda sholichilikda innovatsion yondashuvlar joriy etilmoqda
Xorazm viloyatida sholichilik sohasini ilmiy asosda rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish borasida tizimli ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonda ilm-fan yutuqlari va amaliy tajribaning uyg‘unlashuvi tarmoq samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialida ilmiy-innovatsion faoliyatni kengaytirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda ilmiy salohiyatni yuksaltirish yo‘nalishlarida muhim natijalarga erishilmoqda. Filial tomonidan sholi va dukkakli don ekinlarining yangi, yuqori hosildor navlarini yaratish, mahalliy hamda xorijiy navlarni hududning tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish, tajriba maydonlarida sinovdan o‘tkazish ishlari izchil olib borilmoqda. Natijada super elita va elita urug‘lari yetishtirish yo‘lga qo‘yilib, urug‘chilik tizimini rivojlantirishda sezilarli siljishlarga erishildi. ℹShu bilan birga, hudud sharoitiga mos, noqulay iqlim omillariga chidamli navlarni tanlash va ularning birlamchi urug‘larini ko‘paytirish, seleksiya hamda ilg‘or agrotexnik ishlanmalarni amaliyotga keng tatbiq etish ishlari davom ettirilmoqda. Filial zamonaviy laboratoriya va ilg‘or asbob-uskunalar bilan jihozlangani tuproqning agrokimyoviy holatini chuqur tahlil qilish imkonini bermoqda. Ushbu tahlillar asosida agrotexnik tadbirlarni aniq rejalashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilib, yer unumdorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida resurs-tejamkor texnologiyalarni joriy etish, suvdan samarali foydalanish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar fikricha, mazkur yondashuvlar sholichilikda hosildorlikni oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va tarmoqning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash joizki, ilmiy ishlanmalar va innovatsion yechimlarning amaliyotga keng joriy etilishi kelgusida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar hajmini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda agrar sohaning raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.