Xorijiy delegatsiya a'zolari Özbekiston agrar ilm-fani va innovatsion texnologiyalari bilan tanişdi

Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyati, uning ilmiy salohiyati va innovatsion işlanmalari bilan tanişdi.
Taşrif "Agrar va suv xöjaligi sohasida barqaror boşqaruv va samaradorlik" maxsus xalqaro öquv-amaliy tanişuv dasturi doirasida taşkil etildi. Mazkur dastur Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boşqaruv samaradorligi agentligi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi hamda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti taşabbusi bilan ötkazilmoqda.
Tanişuv avvalida markaz direktorining örinbosari — ilmiy majmua rahbari Aziz Bahodirov mehmonlarga, muassasaning asosiy maqsad va vazifalari, ilmiy-tadqiqot salohiyati hamda agrar sohada bilim va innovatsiyalarni joriy etiş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumot berdi. Taʼkidlanganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli farmoniga muvofiq, Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi negizida Özbekiston qişloq xöjaligi fanlari akademiyasi taşkil etilgan. Uşbu özgariş agrar sohada ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş, ularning natijalarini işlab çiqarişga keng joriy etiş va mavjud ilmiy salohiyatdan samarali foydalanişga qaratilgan. Aziz Bahodirov Akademiya tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, tajriba stansiyalari va uruğçilik xöjaliklari faoliyatiga töxtalib, yangi ekin navlarini yaratiş, genetik resurslarni saqlaş, uruğçilikni rivojlantiriş, çorvaçilik mahsuldorligini oşiriş hamda suv resurslaridan samarali foydalaniş yönalişlarida olib borilayotgan ilmiy izlanişlar haqida söz yuritdi.
Uçraşuvda Respublika agroxizmatlar markazi bölim boşliği Obidjon Salimov ham ilm-fan yutuqlarini qişloq xöjaligi işlab çiqarişiga integratsiya qiliş, ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş mexanizmlari haqida taqdimot ötkazdi. Xususan, agroxizmatlar markazi orqali 17 ta yönaliş böyiça 100 dan ortiq xizmat "Yagona darça" tamoyili asosida körsatilayotgani, agrokonsalting, öquv kurslari, dala namoyişlari va raqamli vositalar orqali ilğor agrotexnologiyalar ommalaştirilayotgani taʼkidlandi.
Şundan söng tanişuv ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan taşkil etilgan körgazmada davom etdi. Unda mehmonlar olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy işlanmalar, yangi navlar va innovatsion yeçimlar bilan yaqindan tanişdi. Şuningdek, delegatsiya vakillari Qişloq xöjaligi sohasi kadrlarining malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş instituti faoliyati bilan ham tanişib, agrar soha mutaxassislarini tayyorlaş, ularning kasbiy bilim va könikmalarini takomillaştiriş borasidagi işlar haqida maʼlumot oldi.
Ayniqsa, Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan "aqlli" issiqxonalardagi iş jarayonlari delegatsiya aʼzolarida katta qiziqiş uyğotdi. Ular zamonaviy boşqaruv tizimi, işlab çiqariş jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etiş va issiqxonalar imkoniyatlari yuzasidan mutaxassislarga savollar berib, atrofliça javoblar oldi.
Xorijiy mehmonlar Özbekiston agrar sohasi ilm-fanida erişilayotgan natijalar, ilmiy işlanmalarning işlab çiqariş bilan uzviy boğlangani va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etiş borasidagi tajribaga yuqori baho berdi.
Mazkur xalqaro öquv-amaliy dastur Özbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon örtasida agrar hamda suv xöjaligi sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş, özaro tajriba almaşiş va ilğor boşqaruv yondaşuvlarini ommalaştirişga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube