Xorijiy_tajriba

Yosh olim genbankni rivojlantirish bo'yicha malaka oshirib qaytdi
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan yosh olimlarni xorijda malakasi oshirish yoki ilmiy stajirovkaga yuborish mexanizmi yo'lga qo'yilgan. Jahon banki mablag'lari hisobidan har yili 30ga yaqin olimlarimiz rivojlangan davlatlarga uzoq muddatli ilmiy stajirovka yoki malaka oshirishga borib qaytmoqda. Milliy markaz tizimidagi O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti 3-bosqich tayanch doktoranti Bekzod Bo'riboyev ham ushbu tashabbus natijasida Germaniyaning Seeland shahrida joylashgan Leybnits nomidagi O‘simliklar genetikasi va o‘simliklar tadqiqoti institutida 69 kun malaka oshirib keldi. Bekzod Bo'riboyev mazkur institutda Genbank boshqaruvining eng so‘nggi yutuqlari, o‘simliklarning genetik resurslarini to‘plash, saqlash va tavsiflash bo‘yicha tadqiqot va ishlanmalarni olib borish usullarini o‘rganib, ortirgan bilim va ko'nikmalaridan xulosalarni Milliy markaz ekspertlariga taqdimot qildi.
"Leybnits nomidagi O‘simliklar genetikasi va o‘simliklar tadqiqoti instituti tashkil etilganiga 80 yildan oshgan. Unda 40 ortiq laboratoriyalari mavjud. Hozirda institutda 30 dan ortiq mamlakatlardan kelgan 500ga yaqin xodimlar faoliyat yuritadi. Shundan 180 nafari olimlar bo'lib, o‘z ilmiy faolyatini olib boradi. Institut Genbanki esa dunyodagi eng yirik genbanklardan biri hisoblanadi, unda ayni vaqtda 150 000dan ortiq namunalar saqlanadi. Genbanki o‘zining botanika xilma-xilligi va kolleksiyasining hajmi tufayli dunyodagi eng katta kolleksiyalardan biridir. Genbankida genetik resurslarni saqlash va sifatini boshqarishda global katta ro‘l o‘ynaydi va tashkil etilganidan beri butun dunyoda qo‘llaniladigan tadqiqot infratuzilmasi sifatida rivojlandi. Kriyokonservalash paytida 2000 dan ortiq qo‘shilishdan olingan to‘qimalar namunalari, shu jumladan 1730 ta kartoshka namunalari suyuq azotda minus 196 daraja haroratda saqlanadi."- dedi yosh olim.
Ikki oydan oshiq vaqt davomida yosh olim genbank boshqaruvi bo'yicha olib borayotgan ilmiy tadqiqotiga muhim ma'lumot va tajriba to'plab qaytganini alohida qayd etdi. Kelgusida mazkur institutda yana ilmiy tajriba uchun borishni maqsad qilganini aytib o'tdi.
Ekspertlar jahon tajribasini O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutidagi Milliy genbakka qo'llash, kolleksiyani boyitish bo'yicha turli savol va tavsiyalar bilan yosh olimning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube