Xotira bor ekan – millat barhayot”, “E’tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch”

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.
Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining Kasaba uyushmasi tomonidan “9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan institutda uzoq yillar mehnat qilib nafaqaga chiqqan “mehnat faxriylari” holidan xabar olindi.
Keksalarimiz o‘tgan faoliyat yillarni eslab, bugungi kunga shukronalar aytishdi. Yurtimizga tinchlik-xotirjamlik dehqonchiliklarimizga qut-baraka tilab duoga qo‘l ochishdi.
Tashrif davomida dildan suhbat qilinib, institut tomonidan tayyorlangan sovg‘alar topshirildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube