Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Xushta’m va shifobaxsh anjir: meva daraxtini ekish va yetishtirishga oid tavsiyalar

Xushta’m va shifobaxsh anjir: meva daraxtini ekish va yetishtirishga oid tavsiyalar
Tomorqada ekishga tavsiya etiladigan anjir navlari: Kadota, Qora-anjir, Kremskiy. Anjir ko‘chatini ekishdan avval tomorqa yaxshilab tekislanishi bilan bir qatorda oziq moddalar (go‘ng, chirindi, fosforli, kaliyli va azotli o‘g‘itlarni solib) yer chuqur haydaladi. Anjirni ekish sxemasi – 5×4 metrda, 50×50 sm bo‘lgan chuqurga ekiladi, ekish muddati – erta bahor. Ko‘chatni ekishdan oldin tayyorlab qo‘yilgan shaltoqqa (yangi mol go‘ngi tuproq bilan 1:1 nisbatda aralashtirilib, qaymoqsimon massa tayyorlanadi) botirib olinadi so‘ngra ekiladi. ℹEkilgandan so‘ng, har bir nihol tagiga suv quyiladi, bunda tuproq zichlanib, ko‘chat yaxshi ko‘karadi. Ekinlar tuproq namligiga qarab sug‘orib turiladi. ℹAnjirni parvarishlash: Anjir qishda ko‘miladigan subtropik ekin turi hisoblanib, unga butasimon qilib shakl berish, uni ko‘mishni qulaylashtiradi. Bunda asosiy 3-4 ta yirik shox qoldiriladi. Qishdan chiqqan anjir tuplari novdalarini 1/3 qismiga qisqartiriladi. Tomorqadagi anjir tuplariga sof holda 250-300 gramm azotli, 200-220 gramm fosforli va 180-200 gramm kaliyli o‘g‘itlar solinishi tavsiya qilinadi. Azot o‘g‘iti ikkiga bo‘linib, 30-40 foizi kuzda, qolgani aprel va iyul oylarida teng miqdorda solinadi. Har 2-3 yilda o‘rtacha 50-60 kg chirigan go‘ng solish hosildorlikning oshishiga ijobiy ta’sir etadi. Bo‘z tuproqlarda anjirga o‘sish davri mobaynida 6-10 marta, shag‘alli yerlarda 10-12 marotaba sug‘oriladi. Anjir mevalari yozning o‘rtalarida pishib yetilishni boshlaydi. Mevalar bandi bilan uzilsa, ular sifatini buzmay, uzoqroq saqlanadi. Pishib ketgan mevalar vaqtida terib olinmasa shoxida qurib qoladi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.