XUSHXABAR

Davlat mukofoti muborak bo‘lsin!
Biroz oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi.
Farmonga muvofiq taqdirlanganlar orasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Amanov Oybek Anvarovich ham bor. U “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Ushbu yangilik mamlakatimiz agrar sohasida faoliyat olib borayotgan barcha olimlarni birdek quvontirdi.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Oybek Amanovni yuksak davlat mukofoti bilan chin qalbdan qutlaydi hamda mamlakatimiz agrar sohasida ilmni rivojlantirishdagi samarali ilmiy faoliyatida yanada katta yutuqlar tilab qoladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube