Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Yangi g'oyalar, yangi takliflar mavjud muammolarning yechimi bo'la oladi

Yangi g'oyalar, yangi takliflar mavjud muammolarning yechimi bo'la oladi
Xabar berib borayotganimizdek, ayni damda Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi"ning yakunlariga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tmoqda. ⏩Unda O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov so'zga chiqib, Konferensiya yakunlari bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Avvalo, vazir, 7-oktabr -"Butunjahon paxta kuni” munosabati barchani qutlab o'tdi. Shuningdek, mazkur konferensiyada o'tkazilgan panel sessiyalar, o'zaro muhokamalar haqida so'z yuritar ekan, vazir I.Abdurahmonov bugungi kunda ushbu muhokamalar hamda taqdimotlarda ko'tarilgan mavzular paxtachilik sektoridaga mavjud muammolar uchun zarur yechimlar bo'la olishini aytib o'tdi. Bundan tashqari, Konferensiya davomida berilgan takliflar nafaqat hozirgi paytdagi mavjud muammolarini hal qilishda, balki kelajak uchun ham juda muhimligini qayd etib o'tdi. Faqat bu kabi tadbirlardagina emas, kelgusida ham o'zaro tajriba almashishni muntazam ravishda yo'lga qo'yish har tomonlama manfaatli ekanligi ta'kidlab o'tildi. Ma'lumot o'rnida, "Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" 1994-yildan boshlab, paxta yetishtiruvchi mamlakatlarda har to‘rt yilda bir marotaba o‘tkazilib kelinmoqda: Avstraliya (1994), Gretsiya (1998), Janubiy Afrika (2003), AQSH (2007), Hindiston (2011), Braziliya (2016), Misr (2022) davlatlarida tashkil etilgan. Mamlakatimizda o'tkazilgan "VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" da g‘o‘za tadqiqotlari sohasidagi 430 nafardan ortiq xalqaro olimlar hamda 200 nafarga yaqin mahalliy olimlar, shuningdek, 177 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari va korxonalari ishtirok etdi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.