Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Yangi marralar sari ilhom baxsh etgan e’tirof

Yangi marralar sari ilhom baxsh etgan e’tirof
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyoti, ilm-fan va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘lidagi samarali mehnati, tashabbuskorligi hamda ko‘p yillik fidokorona xizmatlari munosib e’tirof etildi. Mazkur bayram munosabati bilan Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Diyor Jurayev hamda direktor o‘rinbosari Zoxid Ziyodullayev "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi" ko‘krak nishoni va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan institutning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda agrar soha rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasining yana 7 nafar xodimi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak e’tirof institut jamoasining ilmiy izlanishlari, fidokorona mehnati va Vatan ravnaqi yo‘lidagi xizmatlariga berilgan munosib baho bo‘lib, kelgusida yanada yuksak natijalarga erishish yo‘lida barchaga katta mas’uliyat va ilhom bag‘ishlaydi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.