Yangi nav

Behining yangi eksportbop navi
Behining ushbu navi Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasida yaratilib, davlat reyestriga kiritlgan 31 ta behi navidan "Izobelnaya" navi bilan solishtirildi.
Tadqiqotlar yakunida ikkala nav mutaxssislar tomonidan degustatsiyadan o‘tkazildi.
“Olmabehi” navi har tomonlama talabga javob berishi, uning ta’mi, suvlik darajasi hamda kasallikka chidamli ekanligi inobatga olinib, ijobiy xulosalar berildi.
Behining “Olmabehi” navida yoppasiga pishish sentyabr oyining uchinchi o‘n kunligida kuzatiladi. Behizorlarni kuchli zararlaydigan bakterial kuyish kasalligiga bardoshli. Yuqori hosilli nav, unumdorligi past yerlarda har gektariga 200 sentnerdan hosil beradi. Ho‘l mevasi hamda sharbatlari iste’mol qilinadi. Qayta ishlash korxonalarida murabbo, sharbatlar tayyorlanadi.
Sohaga oid eng ishonchli va ilmiy asosga ega ma’lumotlarni bizning kanaldan topishingiz mumkin.