Yangi rejalar belgilab olindi

Milliy markaz jamoasi 2024 yilning ilk ish kunini ko‘tarinki kayfiyatda yangi rejalar tuzish bilan boshladi. Har bir xodim o‘zi uchun shunchaki ish rejasini tuzish emas, balki uni amalga oshirish, hayotga joriy qilish, natijaga erishish zarurligi ta’kidlandi.
Milliy markaz direktori Sh. Otajonov avvalo shaxsiy va ijro intizomi masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
– O‘z ishimizga, vazifamizga nisbatan mas’uliyatli bo‘lish natijadorlikning asosiy omili, – dedi Sh. Otajonov.
Shuningdek, yangi yilda tadqiqotlarni amalga oshirishda xalqaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, ilmiy muassasalarning tajriba maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash, targ‘ibot ishlarini kuchaytirish kun tartibidagi asosiy masalalar sifatida muhokama qilinib, ijrosini kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar belgilab olindi.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz