Yangi texnologiya asosida ko’sak qurti va girbetsitga chidamli mahalliy g’o’za navlari yaratilmoqda

Bugungi kunimizni Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Buxoro viloyatidagi ilmiy-tajriba stansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish bilan boshladik.
Aytish mumkinki, ushbu stansiyada faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar tomonidan yaratilgan g‘o‘za navlari mamlakatimizning ko‘plab hududlarida ekilib, mo‘l hosil olinmoqda. Hattoki bu stansiyada yaratilgan g‘o‘zaning “Buxoro 6” navi xalqaro darajada e’tirof etilib, Liverpul birjasida etalon sifatida qabul qilingan edi. Stansiyada bugun ham ilmiy-tadqiqot ishlari qizg‘in ketmoqda.
Bu yil ilk bor umumiy g‘o‘za maydonining 10 foizida xorijiy g‘o‘za navlari ekilib, parvarishlandi. Buning uchun chetdan 18 ta g‘o‘za navi olib kelindi. Ushbu navlar ichidan 3 tasi vegetatsiya davomida bizning tuproq-iqlim sharoitimizga mos kelishini namoyon qildi. Ushbu ilmiy-tajriba stansiyasi tajriba dalalarida ham Xitoy seleksiyasiga mansub “Xin Li Zao 78” va "Chuntay -2” navi mahalliy g‘o‘za navlari bilan chatishtirilib, xorijiy navlardagi ko‘sak qurti va gerbidsidga chidamli genlar o‘tkazilmoqda. Ushbu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida o‘zimizning mahalliy navlarning imkoniyati oshadi.
Shuhrat Otajonov |Rasmiy kanali