Yangi va hosildor navlarni yaratish – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy drayveri

Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida bo‘ldi.
⏩Tashrif davomida, bu yerda yangi usulda yetishtirilayotgan sabzavot va poliz ekanlari, makkajo’xori, piyoz, sariq tarvuz, uzum, noan’anaviy turdagi mahsulotlar, ilmiy izlanishlar natijasida seleksiya qilinadigan mahsulotlar turlari, poliz ekinlarini va kartoshkani yangi nav duragaylari bilan tanishildi.
Bu yerda yetishtirilayotgan duragay navlar bilan tanishar ekan, bu yangiliklardan albatta hamyurtlarimiz ham mamnun bo’lishi kerakligi qolaversa, eksport yo‘naltirishga ham jiddiy kirish lozimligi, bu kabi tarjibalarni nafaqat mahalla balki tumanlar kesimida ham joriy etish, ularning mahsuldorligi bilan bir qatorda hamyurtlarimizning yangi mahsulot ta’midan ta’tib ko’rishi, binobarin, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ham muhim qadam bo‘lib xizmat qilishini qayd etildi.
O‘z navbatida, olim va ilmiy izlanuvchilar bilan bugun o‘zbek diyorida yetishtirish mumkin bo‘lgan xorijiy va duragay navlarni seleksiyani amalga oshirish va bu orqali o‘zbek agrar tarmog‘ini xorij sahnida yuqori o‘rinlarni egallashi borasida fikr almashildi.
Vazir institut jamoasi bilan muloqotda insititut genbankini ta’lim muassasasi nomiga mos va xos tarzda qaytadan yaratish kerakligi borasida o‘z takliflarini berar ekan, eng asosiy urg‘u – ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi va shijoatini oshirish, ta’lim dargohi jamoasiga yaratilgan sharoitlar, ilmiy xodimlar uchun zamonaviy laboratoriya xonalarini tashkil etish, ayniqsa yoshlarni qiynayotgan muammolarini o‘z vaqtida hal etish va ularga qulay sharoit yaratib berish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.
Binobarin, ustoz-shogird anʼanasini davom ettirish orqali, yoshlarni ko‘proq meva-sabzavot va kartoshka yetishtirish borasidagi bilimlarini oshirish, ularning bugun aniq maqsad bilan ish olib borishi, kelgusida agrar soha tarmog’iga rivoj qo’shishida turtki bo’lish lozimligi ta’kidlab o’tildi.
Albatta yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish – yoshlar bandligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram