Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

YANGI YIL MUBORAK BO‘LSIN!

YANGI YIL MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli hamkasblar, aziz olimlar, mutaxassislar va qadrli qishloq xo‘jaligi sohasi fidoyilari! Sizlarni yangi 2026-yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ortda qolgan yil mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ilm-fan, innovatsiya va amaliyot uyg‘unligini mustahkamlash yo‘lida muhim yutuqlar va mas’uliyatli vazifalar bilan yodda qoldi. Ilmiy izlanishlar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash borasidagi sa’y-harakatlaringiz yuksak e’tirofga loyiqdir. Yangi 2026-yil barchamiz uchun yangi imkoniyatlar, ulkan marralar va barqaror rivojlanish yili bo‘lisin. Bayram munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar, tinchlik va farovonlik tilayman. Yangi yil barchangizga qut-baraka, omad va muvaffaqiyatlar olib kelsin! Shodmon Namozov, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.