Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

YANGI YIL OLDIDAN MADANIY TADBIRLAR

YANGI YIL OLDIDAN MADANIY TADBIRLAR
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti bir guruh xodimlari madaniy hordiq olish maqsadida “Muqimiy" nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida “Qaychi qudalar” nomli sahna asarini maroq bilan tomosha qilishdi. Shuningdek, Yangiyo‘l shahridagi Usmon Yusupov uy-muzeyida bo‘lib, u yerda saqlanayotgan noyob buyumlar bilan tanishishdi. Ushbu manzilda Usmon Yusupovning hayoti va faoliyatidan tashqari, yaqin o‘tmish haqida ham qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etadi. Muzeyning badiiy bezatilgan zali xodimlarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.